Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Avstraliyaning Sidney shahridagi Taronga hayvonot bog‘i itni bo‘g‘ayotgani uchun kenguruga musht tushirgan Greyg Tonkinsni ishdan bo‘shatmaydi. Bu haqda, The Guardian nashriga asoslanib, TJournal xabar bermoqda.

Kadr: YouTube

Kadr: YouTube

Dekabr oyi boshida mashhur bo‘lib ketgan video iyun oyida, Tonkins va uning do‘stlari ovda bo‘lganida suratga olingan. Greyg Tonkinsning do‘sti Metyu Amorning aytishicha, uning qilgan ishi kutilmagan bo‘ldi.

“Bu kulguli bo‘ldi, chunki Greyg oramizda eng xotirjami. Uning kenguruga yo‘llagan zarbasidan keyin rosa kuldik”, – dedi Metyu Amor.

The Guardian’ning ta’kidlashicha, Tonkinsning xatti-harakati katta muhokamaga sabab bo‘ldi. Jonzotlarni himoya qiluvchi aktivistlar 6 yildan buyon hayvonot bog‘ida ishlayotgan erkakning haydalishini talab qildi. Shunga qaramay, hayvonot bog‘i rahbariyati Tonkinsni ishdan bo‘shatmaslikka qaror qildi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Xorazmda ikki kishi is gazidan vafot etdi
Mahalliy
Virtual kartalar nima va ulardan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish mumkin?
Dunyo
Twitter ofisida xodimlar uchun karavotlar paydo bo‘ldi, Ilon Mask avvalroq me’yoridan ortiqcha ish bo‘lishi haqida ogohlantirgandi