Xitoyning TEB (Transit Elevated Bus) portalli avtobusi, yoki Xitoy matbuoti ta’kidlaganidek “kelajak avtobusi” jurnalistlar tomonidan Shanxayning chekka qismidan topildi. Ularning so‘zlariga qaraganda, avtobus tashlandiq ko‘rinishga ega, qachonlardir katta istiqbolga ega bo‘lgan loyiha yaratuvchilari esa aloqaga chiqmay qo‘ygan, deb yozadi TJournal.
Nashrning ma’lum qilishicha, avtobus ikki oydan buyon sinov yo‘lidagi ayvon ostida chang bosib yotibdi. Jurnalistlarning so‘zlariga qaraganda, kelajak transportini bir necha qo‘riqchi qo‘riqlamoqda. Ular avtobusni yaratgan kompaniya menejeri aloqaga chiqmayotganligi va ikki oydan buyon avtobus bilan hech kimning ishi yo‘qligini ma’lum qilgan.
Tagidan mashinalar o‘tishi mumkin bo‘lgan avtobus konsepti 2016-yilning mayida taqdim etilgan edi. 2-avgust kuni esa avtobusning amaldagi modeli namoyish etildi. U haqda mahalliy matbuotda tahsinli fikrlar paydo bo‘ldi. Biroq taqdimotdan bir hafta o‘tib, jurnalistlar avtobus yaratuvchilarini yirik qalloblikda gumon qilib, u haqdagi fikrlarini o‘zgartirdi.
Loyihaning bosh muhandisi sifatida tanishtirilgan odam hatto o‘rta ma’lumotga ega emasligi, avtobusni yaratish uchun pul tikkan odamlarga esa hech qanday moliyaviy kafolat berilmaganligi aniqlandi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)