Tailandning janubiy provinsiyalari davomiy toshqinlar oqibatida hafta davomida 14 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda “TASS”.
5-dekabr kuni tabiiy ofat oqibatida Tailand janubida temiryo‘l harakati qisman to‘xtatildi. Nakxonsitxammarat provinsiyasidagi temiryo‘l uchastkasi suv ostida qoldi. Natijada Bangkokdan mamlakatning besh hududiga yo‘l olishi kerak bo‘lgan o‘nlab poyezdlar harakati bekor qilindi.
Tailand meteorologiya departamentining ma’lum qilishicha, yog‘ingarchilik yana bir necha kun davom etadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)