Yaponiyaning Rakuten kompaniyasi Ispaniyaning “Barselona” futbol klubining yangi titul homiysiga aylangani haqida xabar berilgandi. Tomonlar 2017/18-yilgi mavsumdan kuchga kiradigan qyimati 240 million dollarga teng 4 yillik shartnoma imzoladi.
Ispaniyaning Sport.es nashri “Barselona” formalarining yangi titul homiysi logotipi tushirilgan suratini e’lon qildi. Nike kompaniyasi tomonidan tayyorlanadigan formalar quyidagi ko‘rinishda bo‘lishi kutilmoqda.
Asosiy forma odatdagi ko‘k-anor ranglarda, ammo chiqizlar biroz ingincha va avvalgiga nisbatan ko‘proq bo‘ladi. Zaxira formaning rangi och ko‘k bo‘ladi. Uchinchi forma to‘q qizil tusga kiradi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)