Belarus poytaxti Minsk shahrida taekvondo ITF bo‘yicha Jahon Kubogi hamda MDH mamlakatlari Kubogi musobaqalari o‘z yakuniga yetdi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
Dunyoning 22 davlatidan jami 1 300 nafar sportchi qatnashgan yilning so‘nggi nufuzli turnirida O‘zbekiston yoshlar va kattalar terma jamoasi 47 sportchi bilan ishtirok etdi.
O‘z vazn toifalarida Jasurbek Salimov (-45 kg), Malika Choriyeva (-63 kg), Kamronbek Tohirov (-40 kg), Ruxshona Saidova (-29 kg), Zarguna Axrorqulova (-35 kg), Mahfuza Jumaboyeva (-40 kg) oltin medal bilan taqdirlandi.
Til bahslarida Zarguna Axrorqulova va Aleksandr Chetvertikov shoxsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. Sabina Mahmanazarova esa til bahslarida kumush medalga sazovor bo‘ldi.
O‘zbekiston terma jamoasi a’zolaridan Denis Kim, Yevgeniy Kim, Gulijon Bahromova, Nafisa Usmonova va Oygul Bolat bronza medalini qo‘lga kiritdi
Musobaqaning so‘nggi kunida jamoaviy sparring bahslari bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi barcha raqiblarini yengib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)