AQShning Kaliforniya shtati Oklend shahridagi omborxonada chiqqan yong‘in natijasida halok bo‘lganlar soni 33 kishiga yetdi. Bu haqda, Reuters agentligiga tayanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Avvalroq hodisa oqibatida qurbon bo‘lganlar 24 kishini tashkil etayotgani haqida xabar qilingandi.
Xabarda ta’kidlanishicha, o‘t o‘chirish xizmati xodimlari binoning atigi uchdan bir qismini ko‘zdan kechirishga muvaffaq bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Yong‘in Oklenddagi omborxonada 3-dekabr kuni yuz berdi. Hodisa chog‘ida binoda ziyofat kechasi o‘tkazilayotgan edi, u yerda 50 dan 100 kishigacha bo‘lgan.
Omborxona shaharda “arvoh kema” sifatida mashhur bo‘lib, u yerda rassomlar noqonuniy tarzda yashagan va turli tadbirlar tez-tez o‘tkazilgan.
Yong‘in kelib chiqishiga nima sabab bo‘lgani hozircha ma’lum emas.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)