Ispaniya janubidagi kuchli yog‘ingarchilik oqibatida Kosta-del-Sol sohili va Kadis shahrida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda El Pais nashriga asoslanib, “Korrespondent.net” ma’lum qilmoqda.
Xabarda qayd etilishicha, 26 yoshli ayol va elektr tarmog‘ini kuzatayotgan Endesa kompaniyasining ishchisi halok bo‘lgan.
Bundan tashqari, Malaga provinsiyasidagi kuchli yog‘ingarchilik garaj, uylar va ofislarning suv ostida qolishiga olib keldi. Maktablar yopildi, ba’zi shifoxonalar ishlamayapti.
Qutqaruvchilar boshqa shaharlarda suv toshqini tufayli uylarining tomiga chiqib olgan yuzlab odamlarni evakuatsiya qildi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)