O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligi uchun 4-dekabr kuni saylovda ishtirok etgan xonanda Rayhon “Darakchi.uz” nashri bilan suhbatda bo‘lib, o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“O‘zimni jamoatchilik ishlarida juda faol deb bilaman. Shu sababdan saylovda o‘zim tanlagan nomzodga ovoz berish uchun saylov uchastkamga bordim. Vatanim ravnaqiga hissa qo‘shib, o‘z nomzodimga ovoz berdim.
O‘z kelajagi uchun qayg‘uradigan har bir ongli inson saylovda ishtirok etishi lozim. Shu sababdan har birimiz kelajagimiz uchun mas’uliyatni anglagan holda fuqarolik burchimizni ado etishimiz lozim”, – dedi Rayhon.
Xonanda Lola: Munosib nomzod, katta tajribaga ega bo‘lgan insonga ovoz berdim
Xonanda Shahzoda: Yurtdoshlarimning siyosiy faolligi meni quvontirdi
Munisa Rizayeva: Biroz tobim yo‘qligiga qaramay, saylov uchastkasiga bordim
Izoh (0)