Istiqlol san’at saroyida 3-dekabr, shanba kuni O‘zbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasining paralimpiyachilarga bag‘ishlangan an’anaviy “Orzu bir – Dunyo bir” nomli galakonserti o‘tkazildi. Bu haqda assotsiatsiya matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
Konsert dasturiga asosan, Rio–2016 Paralimpiya o‘yinlarida munosib ishtirok etib, ulkan g‘alabalarni qulga kiritilgan paralimpiyachilarga “yilning eng yaxshi erkak sportchisi”, “yilning eng yaxshi ayol sportchisi”, “yilning eng yaxshi murabbiyi” va “yilning eng yosh sportchisi” yil nominatsiyalari bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Bundan tashqari, ushbu nominatsiya g‘oliblariga assotsiatsiya tomonidan sovg‘alar topshirildi. Galakonsertda taniqli san’atkor ishtirok etdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)