2016-yilning 28-noyabr – 3-dekabr kunlari tasdiqlangan reja-jadvalga binoan O‘sh shahrida davlatlararo chegarani delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi hukumat delegatsiyalari ishchi guruhlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston-Qirg‘iston davlat chegarasining ayrim uchastkalari bo‘yicha pozitsiyalarni muvofiqlashtirish davom ettirildi hamda davlat chagerasining avval muvofiqlashtirilgan uchastkalarini amaliy bayon qilishga kirishildi.
Hukumat delegatsiyalari ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvini 2016-yilning dekabr oyida O‘zbekiston hududida o‘tkazishga kelishib olindi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)