Kolumbiya huquq-tartibot xodimlari AQSh, Kanada va Meksikada yo‘l olishi kutilgan 2 tonna kokain moddasini musodara qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Xabarda qayd etilishicha, qo‘lga olingan giyohvand moddalar partiyasining qora bozordagi qiymati 100 million dollarga teng.
Kolumbiyaning Sibate munitsipalitetida o‘tkazilgan operatsiya davomida besh nafar Meksika fuqarosi hibsga olindi. Taxminlarga ko‘ra, ular “Los-Seta” narkokarteli a’zolari bo‘lgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)