Damashq viloyatidagi at-Tall shahri Suriya hukumati nazorati ostiga o‘tdi. Urushga qadar shaharda 60 ming kishi istiqomat qilar edi, deb xabar beradi “TASS”.
“Suriya armiyasining Aleppo sharqiy kvartallarini ozod qilishdagi muvaffaqiyatlari munosabati bilan yana bir shahar — at-Tall shahridagi jangarilar harbiy harakatlarni to‘xtatdi va amnistiyadan foydalangan holda aholi yashash punktini tark etdi. Jangarilar qarshilik ko‘rsatishni to‘xtatdi va muzokaralar asnosida oilalari bilan birga Idlibga ketish niyatini bildirdi”, — deyiladi Rossiya tomonlarni yarashtirish markazi tarqatgan bayonotda.
Shahardan chiqib ketish oldidan jangarilar og‘ir qurollarini, shuningdek, 200 dan ortiq o‘qotar qurol va o‘q-dorini hukumat qo‘shinlariga topshirdi.
Izoh (0)