Germaniya futbol ittifoqi erkak va ayollar jamoalariga mamlakat Kubogi bahslarida qo‘shimcha daqiqalarda zaxiradan to‘rtinchi futbolchini tushirishga ruxsat berdi, deb ma’lum qilmoqda “TASS”.
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) bayrog‘i ostida o‘tadigan o‘yinlarda uch nafargacha futbolchini almashtirish mumkin. Milliy chempionat va Kubok bahslarida futbolchi almashtirish soni 6 tagacha yetishi mumkin.
Germaniya klublarida Kubok bahslarining 1/8 finalidan boshlab to‘rtinchi futbolchini almashtirish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)