Ruminiya chempionati 18-tur markaziy o‘yinida Buxarestning ikki klubi – “Dinamo” va “Styaua” o‘zaro bahs olib bordi. Buxarest derbisi maqomida o‘tgan uchrashuvda noodatiy holat qayd etildi.
Uchrashuvning 9-soniyasidayoq hakam tomonidan “Dinamo” darvozasiga penalti belgilandi. “Dinamo” futbolchisi o‘z jarima maydonchasida “Styaua” a’zosini yiqitgani uchun hakam shunday qarorga keldi.
“iSport.ua”ning xabar berishicha, bu futbol tarixidagi eng tezkor belgilangan penalti bo‘lib chiqdi. 11 metrlik jarima zarbasini amalga oshirgan “Styaua”ning braziliyalik hujumchisi Fernando Boldrin mo‘ljalda adashmadi va gol muallifiga aylandi.
Shundan so‘ng, Fernando Boldrin Kolumbiyadagi aviahalokatga uchragan Braziliyaning “Shapekoense” futbol klubi emblemasi tushirilgan futbolkani boshi uzra ko‘tarib, o‘z golini aviahalokat qurbonlariga bag‘ishladi.
Qayd etish joiz, “Styaua” uchrashuvda erta gol urganiga qaramay, yakunda 1:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)