Kolumbiyada 29-noyabrga o‘tar kechasi bortida Braziliyaning “Shapekoense” futbolchilari bo‘lgan samolyotning halokatga uchrashidan so‘ng omon qolgan klub himoyachisi Neto futbolchilik faoliyatini davom ettirishi mumkin. Bu haqda futbolchining otasi Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
“O‘g‘limning holati tobora yaxshilanib bormoqda. Uning oyog‘i operatsiya qilindi va shifokorlar Neto futbolchi qaytishini aytdi”, – deb yozdi Netoning otasi.
31 yoshli himoyachining o‘pka, tizza, bilak va bosh qismida amalga oshirilgan jarrohlik amaliyotlaridan so‘ng holati barqaror deya baholanmoqda.“Shapekoense” futbolchilari xotirasi uchun chizilgan va muxlislarni yig‘lashga majbur qilgan rasmlar
Izoh (0)