Rossiya chempionatining 17-tur uchrashuvlari Kolumbiyada aviahalokat oqibatida halok bo‘lgan Braziliyaning “Shapekoense” futbolchilari xotirasiga 1 daqiqalik sukut bilan boshlanadi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
“Rossiya futbol Premyer-ligasi (RFPL) aviahalokatda qurbon bo‘lganlarning yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi. Bunday qiyin damda biz siz bilan. Bardam bo‘ling”, – deyiladi RFPL matbuot xizmati xabarida
RFPL 17-tur uchrashuvlari 3–5-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Mazkur o‘yinlar 2016-yilda oxirgisi bo‘ladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)