AQShning Tennessi shtatidagi Greyt-Smoki-Mauntins Milliy o‘rmonzor parkida yirik o‘rmon yong‘ini sodir bo‘ldi. Davom etayotgan yong‘in oqibatida, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 3 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Tennessi shtati gubernatori Bill Xaslamning aytishicha, mazkur yong‘in so‘ngi 100 yil ichida eng yirigiga aylandi. Ofat oqibatida o‘nlab uylar yonib ketdi, minglab odamlar shtatdan qochishga majbur bo‘ldi.
Xabarda qayd etilishicha, jarohat olgan 14 kishi shifoxonaga yotqizildi, shulardan 3 nafari og‘ir ahvolda bo‘lib turibdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)