Fransiyaning “PSJ” yarim himoyachisi Anxel Di Mariya va Angliyaning “Arsenal” klubi xavbeki Mesut O‘zil Madridning “Real” jamoasiga qaytishni istamoqda. Bu haqda, Marca nashriga tayanib, “TASS” xabar berdi.
Di Mariya “Qirollik klubi”ni tark etganidan keyin faoliyati rivojlanishidan norozi va “PSJ”da o‘zini baxtli his qilmayapti. Argentinalik futbolchi Fransiya futbolchiga ko‘nika olmayotgani ta’kidlanmoqda.
Mesut O‘zilning “Arsenal” bilan kelishuvi muddati 2018-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Germaniyalik futbolchi “to‘pchilar” bilan shartnomasini uzaytirish borasida muzokaralarni yakunlamadi. Qayd etilishicha, O‘zilning Madrid klubiga qaytish ehtimoli bor.
Ma’lumot uchun, Di Mariya “Real” safida 2010–2014-yillarda to‘p surgan. Mesut O‘zil 2010–2013-yillar davomida madridliklar sharafini himoya qilgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)