Xakerlar Yaponiya Mudofaa vazirligi va mamlakat qurolli kuchlari kompyuter tizimiga kirishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda Kyodo agentligiga tayanib, Meduza xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, kiberhujum sentabr oyida amalga oshirilgan. Taxminlarga ko‘ra, xakerlar tizimning zaifligidan foydalanib, bir qancha ma’lumotlarni o‘g‘irlagan. Kiberhujumning aniq zarari hozircha aniqlanmagan.
Yaponiya Mudofaa vazirligining rasmiy vakillari kiberhujum borasida izoh berishdan bosh tortdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)