Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp “yashillar” partiyasidan sobiq nomzod Jill Stayn talabi bilan Amerikaning ba’zi shtatlarida ovozlarning qayta hisoblab chiqilishi hech qanday natija bermasligiga ishonchi komil. Bunday fikrni respublikachi o‘z Twitter’ida yozib qoldirdi, deya xabar bermoqda “TASS”.

Foto: EPA

Foto: EPA

“Hillari Klinton natijalar namoyon bo‘lganidan so‘ng, g‘olibning nutqidan avval menga qo‘ng‘iroq qilganida, saylovdagi mag‘lubiyatini tan olgan edi, — deb yozdi Tramp. — Hech narsa o‘zgarmaydi. Ko‘p vaqt va pul sarflangani qoladi, natija esa avvalgidek bo‘lib qolaveradi”.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidentligiga “yashillar” partiyasidan nomzod Jill Stayn bir qator shtatlarda ovozlarni qayta hisoblab chiqish uchun 3 million dollardan ortiq mablag‘ to‘plagani xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Maktab o‘qituvchilariga “Open budget”da ovoz to‘plash bo‘yicha topshiriq berilayotgani aytilmoqda 
Turkmaniston
Ashxobod tajribasi: odamlar zilziladan emas, balki binolar tufayli halok bo‘ladi
Dunyo
“Tolibon” opium savdosidan olinadigan soliqni bekor qildi. Narkotik modda uchun qancha soliq to‘langan?