Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri mezbonlik qilgan boks bo‘yicha 17–18 yoshlilar o‘rtasidagi jahon chempionatida 26-noyabr, shanba kuni final bellashuvlari bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Sports.uz”.
Dunyoning 75 davlatidan 400 nafardan ortiq yosh charm qo‘lqop ustalari g‘oliblik uchun kurash olib borgan musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari jami 4 ta medal bilan ortga qaytadigan bo‘ldi.
Avvalroq Otabek Xolmatov (-52 kg), Shunqor Abdurasulov (-56 kg) va Shohruz Rahimov (-91 kg) bronza medallarini qo‘lga kiritgani haqida xabar berilgandi.
-60 kilogramm vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Bilolbek Mirzarahimov finalgacha yetib bordi. Hal qiluvchi bahsda amerikalik Delante Jonsonga qarshi ringga ko‘tarilgan o‘zbekistonlik bokschiga biroz omad yetishmadi va u musobaqaning kumush medali bilan taqdirlandi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)