Madridning “Real” jamoasi yetakchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniya chempionatida yetti kalendar yil davomida 30 va undan ortiq gol kiritgan ilk futbolchiga aylandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Portugaliyalik hujumchining rekordi “Sporting Xixon” klubiga qarshi La Liga 13-turida qayd etildi. Ronaldu 5-daqiqada penaltidan gol urib, tarixiy natija qayd etdi.
Mazkur o‘yinning 18-daqiqasida 31 yoshli hujumchi o‘z hisobiga ikkinchi golni yozdirib qo‘ydi. Aynan Ronalduning dubli “Real”ga “Sporting Xixon” ustidan 2:1 hisobidagi g‘alabani ta’minladi.
Ma’lumot uchun, Krishtianu Ronaldu 2009-yili “Real” safiga kelib qo‘shilgandi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)