Fransiya Alplarida ikki o‘rinli kichik samolyot halokatga uchradi. Halok bo‘lgan ikki uchuvchining tanasi Shamberidan sharqroqda topildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Aytilishicha, shaxsi hali aniqlanmagan ikki erkak Germaniyaning Dortmund shahridan uchib chiqqan. Samolyot Fransiyaning Albervil shahriga yo‘l olgan edi. Ammo u vaqtida manzilga yetib bormagani bois qidiruvlar boshlab yuborildi.
Samolyot bo‘laklari Trelo tog‘ida, 2200 metr balandlikda topildi.
Politsiya ma’lumotlariga qaraganda, yomon ob-havo tufayli samolyot tog‘ yonbag‘riga qulagan.
Izoh (0)