Gollivud yulduzi Stiven Sigal 25-noyabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashib, shaxsan davlat rahbarining qo‘lidan RF fuqarosi pasportini oladi. Bu haqda Kreml rasmiy vakili Dmitriy Peskov bayonot berdi, deb xabar qiladi “RBK”.
“Bugun prezidentning bir qancha ishchi uchrashuvlari rejalashtirilgan. Uning huzuriga bugun Stiven Sigal kirib, Rossiya pasportini oladi”, — dedi Peskov.
Noyabr oyining boshida Rossiya fuqaroligini olgan Stiven Sigal bir muddat ilgari Moskvaga tashrif buyurgani ma’lum bo‘ldi.
Izoh (0)