Rossiyadagi birinchi ovqat banki — “Rus” oziq-ovqat jamg‘armasi “Bolaga tushlik sovg‘a qil” aksiyasini o‘tkazdi. Uning doirasida KFC tarmog‘i restoranlari tashrifchilari ovqat bankiga 24 million rubl xayriya qildi. Bu pullar kam ta’minlangan farzandli oilalarga 2 million tushlik olib berishga yetadi. Tushliklar Rossiyaning turli hududlaridagi cherkovlar qoshidagi yemakxonalarda tarqatiladi, deb xabar beradi “TASS”.
Aksiya KFC restoranlarida ikkinchi marta o‘tkazilmoqda. O‘tgan yilgiga nisbatan oziq-ovqat bankiga ehson qilgan odamlar soni ikki barobar ko‘p bo‘ldi, deyiladi xabarda.
Fuqarolar ehson qilgan mablag‘ hisobidan tashkilot oziq-ovqat mahsulotlarini ulgurji xarid qilib, to‘plam tushliklar shakllantiradi. Har oyda cherkovlarning maxsus ajratilgan xonalarida ko‘ngillilar ushbu mahsulotlarni taqsimlab chiqadi. To‘plamga makaron, marjumak, guruch, suli yormasi, loviya, kungaboqar yog‘i, choy kiradi. So‘ng bunday mahsulot to‘plamlari ijtimoiy xizmatlar, cherkovlar va xususiy jamg‘armalar orqali kam ta’minlangan oilalarga yetkaziladi.
Izoh (0)