25-noyabr kuni Eronning Semnon viloyatida ikki yo‘lovchi poyezdining to‘qnashib ketishi oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Bundan tashqari, 52 yo‘lovchi turli darajada jarohat oldi. Taxminan 100 kishi qutqarib olindi. Ammo qurbonlar va yaradorlar soni o‘sishda davom etmoqda.
Fojia Shahrud shahri yaqinidagi Haftxon stansiyasida ro‘y berdi. Poyezdlardan biri stansiyada turganida ikkinchi unga kelib urilgani aytilmoqda.
Izoh (0)