Yevroparlament raisi Martin Shuls uchinchi muddatga Yevropa Ittifoqi qonunchilik organi spikerligiga nomzodini ko‘rsatmasligini ma’lum qildi. Bu haqda, BBC’ga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Shuls ushbu lavozimni 2012-yil yanvaridan buyon egallab keladi.
2017-yilda Shuls Germaniya Sotsial-demokratik partiyasidan Bundestagga saylanishni rejalashtirmoqda.
“Keyingi yili men Shimoliy Reyn-Vestfaliya bo‘yicha Germaniya SDP ro‘yxatiga boshchilik qilaman. Bu qarorni qabul qilish oson bo‘lmadi”, — dedi siyosatchi.
Shuls Germaniyada jamoatlar orasidagi va ularning ichidagi notenglikni bartaraf etish lozimligini ta’kidlab, buning yuzasidan Berlinning o‘zidan ish olib borish niyati borligini bildirdi.
Izoh (0)