Bag‘doddan janubroqda minalashtirilgan avtomobilning portlatilishi oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi. Ulardan 12 nafari iroqliklar edi, deb xabar beradi “TASS”.
Voqea Bobil viloyatida ro‘y berdi.
Twitter’da chop etilgan xabarlarga ko‘ra, terakt uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga olgan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)