Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida poyezdning halokatga uchrashi qurbonlari soni 100 kishidan oshdi, yaralanganlar soni 200 dan ortdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Ilgariroq 96 kishi halok bo‘lgani bildirilgan edi.
Kanpur shahridan 100 kilometr narida Indor-Patna ekspressining 14 vagoni relslardan chiqib ketdi. Voqea mahalliy vaqt bilan soat 3:00 da ro‘y bergani bois yo‘lovchilarning ko‘pchiligi uxlayotgan edi.
Izoh (0)