Germaniyaning amaldagi kansleri Angela Merkel partiyadoshlari bilan uchrashuvda ushbu lavozimga yana nomzodini ko‘rsatishini tasdiqladi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
Agar Merkel xonim navbatdagi ovoz berishda ham g‘alaba qozonsa, u to‘rtinchi kanslerlik muddatiga saylanadi.
Yaqin soatlarda Angela Merkel bu borada matbuot anjumani berishi kutilmoqda.
Merkel hukmron blok yetakchisi sifatida 2005, 2009 va 2013-yillardagi Bundestag saylovlarida g‘alaba qozongan. Navbatdagi parlament saylovi keyingi yil sentabrida o‘tkaziladi.
Izoh (0)