Futbol bo‘yicha Ruminiya terma jamoasining sobiq himoyachisi Daniel Prodan 44 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda UEFA matbuot xizmatiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Xabarda qayd etilishicha, yurak xuruji sobiq futbolchining o‘limiga sabab bo‘ldi.
Daniel Prodan futbolchilik faoliyatining asosiy qismini Ruminiyaning “Styaua” klubida o‘tkazdi. Bundan tashqari u Madridning “Atletiko” klubida hamda Shotlandiyaning “Reynjers” jamoasida to‘p surgan.
Ruminiya terma jamoasi safida 54 uchrashuv o‘tkazgan Prodan 1 ta gol kiritishga muvvaffaq bo‘lgan. 1994-yilgi jahon chempionatida u mamlakat termasi bilan chorak finalgacha yetib borgandi.
Izoh (0)