Avstraliyaning Maunt Vindzor shahri (Kvinslend shtati)dagi milliy istirohat bog‘ida Robinson 44 vertolyoti halokatga uchradi, uchuvchi tirik qoldi. Bu haqda ABC telekanaliga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Hodisa Port-Duglas shahridan 50 kilometr shimoli-g‘arbda sodir bo‘lgani ta’kidlanmoqda. Uchuvchidan tashqari havo kemasi bortida hech kim bo‘lmagan.
Uchuvchining holati haqida hozircha hech qanday ma’lumot berilmagan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)