O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining 25 yilligi munosabati bilan tizimdagi barcha tashkilotlarda turli tadbirlar tashkil etilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar “Vatanparvar” tashkiloti ma’naviyat bo‘limi “Daryo”ga ma’lum qildi.
Jumladan, Toshkent shahar “Vatanparvar” tashkiloti tasarrufidagi o‘quv sport-texnika klublarida faoliyat yurituvchi ishchi xodimlar o‘rtasida sportning o‘q otish turi bo‘yicha ayollar va erkaklar orasida musobaqa o‘tkazildi va quyidagi natijalar qayd etildi.
Jamoalar o‘rtasidagi natijalar:
1-o‘rin: Yunusobod o‘quv sport-texnika klubi;2-o‘rin: Mirobod o‘quv sport-texnika klubi;
3-o‘rin: Sirg‘ali o‘quv sport-texnika klubi.
Ayollar o‘rtasidagi natijalar:
1-o‘rin: Ahmedova Dilnoza, Yunusobod o‘quv sport-texnika klubi;2-o‘rin: Xashimova Linara, Uchtepa o‘quv sport-texnika klubi;
3-o‘rin: Razoqqova Nodira, Toshkent shahar ”Vatanparvar” tashkiloti.
Erkaklar o‘rtasidagi natijalar:
1-o‘rin: Temirov Fazliddin, Sirg‘ali o‘quv sport-texnika klubi;2-o‘rin: Qodirov Iskandar, Mirobod o‘quv sport-texnika klubi;
3-o‘rin: Irmatov Behzod, Shayxontohur o‘quv sport-texnika klubi.
G‘oliblar esdalik sovg‘lar va diplom bilan taqdirlandi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)