Boliviya futbol federatsiyasi Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA)ning Apellyatsion qo‘mitasiga murojaat qilib, JCh–2018 saralashida mamlakat termasi hisobiga yozilgan ikkita texnik mag‘lubiyatini bekor qilishni so‘radi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
FIFA Boliviya terma jamoasining Peru va Chiliga qarshi JCh–2018 turniriga saralash o‘yinlarida maydonga Paragvay termasida o‘ynagan 33 yoshli Nelson Kabrera tushgani uchun mamlakat futbol federatsiyasini 0:3 hisobidagi texnik mag‘lubiyatlar bilan jazolagandi. Bundan tashqari federatsiya 12 ming Shveysariya franki miqdorida jarimaga tortildi.
1-sentabr kuni Peruga qarshi o‘yinda Boliviya termasi 2:0 hisobida g‘alaba qozongan edi. 6-sentabr kuni Chili bilan o‘yinda esa Boliviya 0:0 hisobida durang o‘ynagandi.
Ma’lumot uchun, Boliviya terma jamoasi Janubiy Amerika qit’asidan saralash bosqichi 12-turidan keyin 7 ochko bilan 10 terma jamoa orasida 9-o‘rinda bormoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)