Yaponiyaning Rakuten kompaniyasi “Barselona” futbol klubining yangi titul homiysiga aylandi. Bu haqda, klub matbuot xizmatiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Xabarda ta’kidlanishicha, tomonlar 2017/18-yilgi mavsumdan kuchga kiradigan 4 yillik shartnoma imzoladi. Mutaxassislar kelishuv narxini yiliga 60 million dollarga baholamoqda.
Avvalroq Xitoyning AliExpress kompaniyasi “Barselona” klubining yangi titul homiysi bo‘lishi mumkinligi haqida xabar qilingandi. Internet orqali savdo-sotiq bilan shug‘ullanuvchi Rakuten kompaniyasi klub tarixidagi to‘rtinchi titul homiysi bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, 2013-yildan buyon “Barselona” klubining titul homiysi Qatar Airways kompaniyasi bo‘lib kelmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)