“Barselona” prezidenti Xosep Mariya Bartomeu turli mish-mishlarga qaramay, klub hujumchisi Lionel Messi faoliyatining yakuniga qadar Kataloniya klubida qolishiga ishonch bildirdi. Bu haqda “Chempionat” xabar bermoqda.
“Messi faoliyatini ‘Barselona’da yakunlashiga ishonamiz. U ko‘p yillardan buyon jamoa muvaffaqiyatiga hissa qo‘shib kelmoqda”, – dedi Bartomeu.
Bir necha kun avval matbuotda argentinalik futbolchi “Barselona” bilan kelishuv muddatini uzaytirmaslikka qaror qilgani haqida xabar tarqaldi. Goal’ning Messiga yaqin bo‘lgan manbasi bu haqiqat emasligini bildirdi. Keyinroq Messi Yangi yil bayramidan so‘ng kataloniyaliklar bilan shartnomasini uzaytirish borasida muzokara o‘tkazishi ma’lum qilingandi.
Bir muddat avval Lionel Messi futbolchilik faoliyatini o‘zining birinchi klubi – Argentinaning “Nyuellz Old Boyz” klubida yakunlamoqchi ekani hamda kataloniyaliklar bilan yangi shartnoma imzolansa, u yerga ketish imkonini beruvchi bandning kiritilishini istayotgani haqida xabar berilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Lionel Messining “ko‘k-anor ranglilar” bilan amaldagi shartnomasi 2018-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)