28 nafar atlet va ekofaollardan tashkil topgan guruh O‘lik dengizni so‘zib o‘tdi. Bu haqda, Reuters agentligiga tayanib, “RBK” xabar bermoqda.
Suzuvchilar Iordaniya va Isroil orasidagi 15 kilometrlik hududni 7 soatda suzib o‘tgani ta’kidlanmoqda.
Xabarda qayd etilishicha, suzish ishtirokchilari shu yo‘l orqali qurib borayotgan suv havzasiga e’tibor qaratishni istagan. So‘nggi 30 yilda O‘lik dengizning suv sathi qariby uchdan biriga kamaygan.
Tashabbuskorlarning fikricha, mahalliy hukumat rasmiylari O‘lik dengizga quyiluvchi yagona – Iordan daryosidan suvni burishda davom etsa, sho‘r ko‘l butunlay qurib ketishi mumkin.
Aksiya tashkilotchilarining aytishicha, suzuvchilar tarixda birinchi marta O‘lik dengizi suzib o‘tdi. Masofani suzib o‘tganlar ushbu sinov ancha qiyin ekanini ma’lum qildi.
O‘lik dengizi dunyodagi eng sho‘r suv havzalaridan biri. Uning sho‘rligi 300–310 foizni tashkil etadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)