Puerto Rikodan bo‘lgan 17 yoshli Natalya Kastelyarning qoshlari shu darajada qalin ediki, ko‘pchilik uning ustidan ochiqchasiga mazah qilardi.
U bir necha bor qoshlarini terib tashlash fikriga ham keldi. AQShning Next Model Management kompaniyasi kutilmagan shartnoma taklif etgach esa, bu qoshlar uning haqiqiy boyligi ekanini tushunib yetdi.
“Tezroq sayohat qilishni va ishga sho‘ng‘ib ketishni sabrsizlik bilan kutmoqdaman”, — deb fikr bildirdi Natalya. Shunga qaramay, uning qoshlari ustidan kulish hali-hamon davom etmoqda.
Izoh (0)