Ispaniyaning “Barselona” jamoasi hujumchisi Lionel Messi kataloniyaliklar bilan shartnomasini uzaytirishdan bosh tortmagan. Bu haqda, Goal nashriga tayanib, “Sports.ru” xabar bermoqda.
Avvalroq argentinalik futbolchi “Barselona” bilan kelishuv muddatini uzaytirmaslikka qaror qabul qilgani haqida xabar berilgandi. Goal’ning Messiga yaqin bo‘lgan manbasi bu haqiqat emasligini bildirdi.
Xabarda qayd etilishicha, “Barselona” rahbariyati 29 yoshli futbolchi bilan yangi shartnomani bo‘lajak kelishuvning moliyaviy va boshqa shartlari ma’lum qilinmasligi uchun imkon qadar shaxsiy formatda o‘tkazmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Lionel Messining “ko‘k-anor ranglilar” bilan amaldagi shartnomasi 2018-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Izoh (0)