Dubay shahrida Dubai Canal mega loyihasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda BAA vitse-prezidenti va mamlakat bosh vaziri, Dubay rahbari Shayx Muhammad bin Rashid Al-Maktum ham ishtirok etdi, deb xabar bermoqda UAE Inside.
Dubai Canal loyihasi Shayx Muhammad bin Rashid bir necha o‘n yil avval tabiiy ofat oqibatida vayron bo‘lgan Dubai Creek’ning dastlabki ko‘rinishini qayta tiklash orzusi ro‘yobi bo‘ldi.
Loyiha qiymati 4 milliard dirham (1 milliard dollar)dan ortiq bo‘ldi, ochilish marosimi esa chiroqli shou va mushakbozlik ostida o‘tdi.
Dubai Canal atrofida yangi Marasi Business Bay hududi barpo etiladi. Loyiha sayr hududi, suzadigan uy, restoran va barlarni o‘z ichiga oladi.
12 kilometrlik kanal BAAda sayr qilsa bo‘ladigan eng uzun hududga aylanadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)