AQShning Pensilvaniya shtati Filadelfiya shahrida 11-noyabr kuni professional boks kechasi doirasida o‘nta jang o‘tkazildi. Shulardan birida o‘zbekistonlik Xurshidbek Normatov ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
Andijonlik 24 yoshli bokschi olti raundlik bellashuvda 35 yoshli AQSh vakili Lenvud Doyzerga qarshi ringga ko‘tarildi. Normatov jang davomida nazoratni to‘liq o‘z qo‘liga olib, raqibidan ancha faol harakat qildi va hakamlarning yakdil qarori bilan 60:54, 60:54, 60:54 hisobida g‘alaba qozondi.
Professional ringda uchinchi jangini o‘tkazgan Normatov barchasida (bittasida nokaut bilan) zafar quchgan.
Qayd etish joiz, Xurshidbek Normatov Fight Promotion promouterlik kompaniyasi bilan 15 jangga shartnoma imzolagan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)