IShID Pokistonning Belujiston viloyatida, hazrat Bobo Shoh Nuroniy masjidida ro‘y bergan terakt uchun javobgarlikni zimmasiga oldi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
Portlash 12-noyabr, shanba kuni, masjidda namozxonlar to‘plangan payt sodir etildi. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, terakt tufayli 43 kishi halok bo‘ldi, 100 dan ortiq kishi jarohatlandi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)