Termiz shahridagi “Alpomish” sport majmuasida dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bahslari o‘tkazildi, deb xabar bermoqda O‘zA.
O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan musobaqada 500 nafarga yaqin yosh polvonlar 14 vazn toifasida o‘zaro kuch sinashdi.
Musobaqada Behruz Amindavlatov, Murodjon Yo‘ldoshev, Hikmatullo To‘rayev, Sharofiddin Boltaboyev, Jasurbek Shukurov, Sardor Shovriqov, Ixtiyor Xolmurodov, Muqaddas Kubayeva, Shahnoza Omonova, Dildora Shermatova, Gulnoza Ziyoyeva, Umida Saidova, Kumush Yo‘ldosheva, Dilyara Berdiyeva o‘z vazn toifalarida shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy egalladi.
Izoh (0)