Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) versiyasi bo‘yicha -76,2 kilogramm vazn toifasida “superchempion” bo‘lgan germaniyalik Feliks Shturmning rossiyalik Fyodor Chudinovga qarshi jang oldidan topshirgan doping namunasida taqiqlangan preparat – stanozolol aniqlandi. Bu haqda, Bild nashriga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Oktabr oyida germaniyalik sportchi “B” probasining natijasi e’lon qilinmasidan avval WBA “superchempioni” kamaridan voz kechgandi.
“‘B’ probasi tekshirildi va u ijobiy natija berdi. Bokschiga nisbatan surishtiruv ishlari davom ettiriladi”, – deyiladi xabarda.
2016-yilning fevral oyida Chudinov ochkolar bo‘yicha Shturmga mag‘lub bo‘lgandi. Bellashuvdan so‘ng rossiyalik bokschining jamoasi jang natijasiga e’tiroz bildirgan edi.
Izoh (0)