Eron milliy terma jamoasining “Rostov”da to‘p surayotgan hujumchisi Sardor Azmun Angliyaning “Liverpul” klubi qiziqishlari doirasida, deb yozdi “Chempionat” The Guardian nashriga tayanib. Inglizlar xaridni qishki transfer bozoridayoq amalga oshirishni rejalashtirib qo‘ygan.
Manbada keltirilishicha, Azmunning Yevropa Chempionlar Ligasi guruh bosqichida namoyish etayotgan o‘yinlari “Liverpul” skautlarini o‘ziga jalb qildi. U o‘tkazilgan 4 ta bellashuvda 1 ta gol urib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirgandi.
Ma’lumot uchun, “Rostov” “D” guruhida “Atletiko”, “Bavariya” hamda “PSV” klublari bilan kurash olib borayotgan bo‘lib, 4-turdan keyin 1 ochko bilan so‘nggi o‘rinni egallab turibdi. Azmun “Atletiko”ga qarshi Madridda bo‘lib o‘tgan o‘yinda o‘z hisobiga gol yozib qo‘ygandi.
Bundan tashqari fors futbolchisi joriy mavsum hisobidan Rossiya Premyer-Ligasida 11 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Biroz avvalroq FIFA Sardor Azmunni milliy terma jamoa miqyosidagi 1 ta o‘yindan chetlatgandi.
Izoh (0)