Farzand kutayotgan o‘zbekistonlik ayol xonandalar (foto)
“Darakchi” nashri yaqin orada farzandli bo‘lishi kutilayotgan estrada xonandalari haqida ma’lumot berib, ularning suratini joylashtirib chiqdi.
Foto: “Darakchi”Xonandalarning ayrimlari birinchi farzandini dunyoga keltirish arafasida bo‘lsa, ba’zilari ikkinchi, xatto, to‘rtinchi farzandini kutayotgan onalar ham borligi aytib o‘tilgan.
Tatyana Zaytseva
Foto: “Darakchi”VIA Sharq guruhi a’zosi hisoblangan Tatyana Zaytsevaning homilador ekani ko‘pchilik uchun yangilik bo‘lsa ajab emas.
Ziyoda
Foto: “Darakchi”Ziyodaning Kamron ismli o‘g‘il farzandi bor. Endilikda u ikkinchi farzandini dunyoga keltirish arafasida turibdi.
Oyxon Iforzoda
Foto: “Darakchi”Shu yilning 23-fevral kuni oila qurgan Oyxon Iforzoda yaqin orada onalik baxtiga musharraf bo‘lishi mumkin.
Milena Madmusayeva
Foto: “Darakchi”2016-yilning 25-aprel kuni Milena ham turmushga chiqqan bo‘lib, endilikda u farzandini dunyoga keltirish onlarini kutib yashamoqda.
Nilufar Usmonova
Foto: “Darakchi”
Nilufar Usmonova to‘rtinchi farzandiga homilador. Uning Saida’zamxon, Ibrohimxon hamda Sulaymonxon ismli o‘g‘il farzandlari bor.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)