“Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Marca gazetasining versiyasi bo‘yicha Ispaniya chempionatining 2015/16-yilgi mavsumidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda “iSport.ua” xabar bermoqda.
“Qirollik klubi”ning boshqa hujumchisi Alvaro Morata o‘tgan mavsumning eng yaxshi ispaniyalik futbolchisi bo‘ldi.
La Liganing 2015/16-yilgi mavsumi yakunlariga ko‘ra, Marca o‘quvchilari “Atletiko” ustozi Diyego Simeoneni eng yaxshi murabbiy, “Atletiko” posboni Yan Oblakni esa eng yaxshi darvozabon deb topdi.Qayd etish joiz, 31 yoshli portugaliyalik futbolchi o‘tgan mavsumda “Real” bilan YChL g‘olibi, Portugaliya termasi bilan esa Yevro–2016 chempioni bo‘ldi. Ispaniya chempionatida esa Krishtianu “Real” bilan kumush medal sohibiga aylangandi.
Izoh (0)