Rossiyalik sobiq bokschi Kostya Dzyu 6-noyabr, yakshanba kuni beshinchi bor ota bo‘ldi. Uning turmush o‘rtog‘i Tatyana Averina Viktoriya ismli qizaloqni dunyoga keltirdi, deb xabar bermoqda “Vesti.ru”.
Viktoriya juftlikning ikkinchi umumiy farzandi bo‘ldi. Avvalroq ularning Vladimir ismli o‘g‘li dunyoga kelgandi.
47 yoshli Dzyuning avvalgi munosabatlaridan Timofey va Nikita islmi o‘g‘illari hamda Anastasiya ismli qizi bor.
Ma’lumot uchun, Kostya Dzyu professional ringda 34 jang o‘tkazib, 31 tasida (22 tasida nokaut bilan) g‘alaba qozongan, 2 ta bellashuvda mag‘lubiyatga uchragan. Yana bitta jang esa bo‘lib o‘tmagan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)