Turkiyaning “Fenerbaxche” jamoasida to‘p surayotgan gollandiyalik futbolchi Robin van Persi “Oqxisor Belediye” klubiga qarshi mamlakat chempionatida ko‘zidan og‘ir jarohat oldi, deb xabar bermoqda “Sports.uz”.
33 yoshli futbolchi raqib jarima maydonchasida to‘p uchun kurashda ko‘zidan zarba yedi. Zarba kuchidan Robinning ko‘zidan qon oqa boshladi. Hujumchi zudlik bilan shifoxonaga yetkazildi.
Xabarda qayd etilishicha, futbolchi chap ko‘zidan ayrilish ehtimoli mavjud. Bunday jarohatdan keyin ko‘rish qobiliyati yo‘qolishi ta’kidlanmoqda.
“Fenerbaxche”ning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan o‘yinda “Arsenal” va “Manchester Yunayted”ning sobiq a’zosi hisobni ochgan edi.
Izoh (0)