Belarusning “Naftan” futbol klubi darvozaboni Igor Dovgyallo jamoasining moliyaviy muammolariga e’tibor qaratish uchun o‘z butsasini sotuvga qo‘ydi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Darvozabon butsasini 50 Belarus rubli (taxminan 26 dollar)ga sotyapti. “Pul zarar qilmaydi, lekin bu ish klubning moliyaviy muammolariga e’tibor qatarish uchun qilindi”, – dedi Dovgyallo.
“Naftan” klubi uzoq vaqtdan buyon moliyaviy muammolarga duch kelmoqda. Shu yilning yozida esa bosh murabbiy Valeriy Stripeykis jamoani tark etgandi.
“Naftan” Belarus chempionati yakunlanishiga 3 tur qolganida 16 jamoa orasida 14-o‘rinni egallab turibdi.
Izoh (0)